
Osmonlarda uchmagin ey yigit, Qani tezroq yerga tush.. Hayollaring girdobida sho’ng’ima, Misli qanotsiz bir qush.. O’zingni – o’zing aldab ishontirma, Bu hammasi behuda.. Hayot qorong’u sen bo’lmasang dema, Bu aslida befoyda..
Ko’zim ochib – yumgunimcha, Sevging so’nar misli g’uncha.. Senga emas, qalbimdagi hislarim, Senga emas, beg’ubor hayollarim, Senga emas, dilimdagi she’rlarim, Senga emas.. Senga emas, yuksak orzularim, Senga emas, yorug’ tuyg’ularim, Senga emas, shirin kulgularim, Senga emas..
Kimni sevib, kimga rozi bo’lishim, Bu o’zimga havola.. Sevgi bir ko’prik singari, Bugun bor, ertaga yo’q.. Yoki ranglarning jilosi kabi, Bugun och, ertaga to’q..
Ko’zim ochib – yumgunimcha, Sevging so’nar misli g’uncha.. Senga emas, qalbimdagi hislarim, Senga emas, beg’ubor hayollarim, Senga emas, dilimdagi she’rlarim, Senga emas.. Senga emas, yuksak orzularim, Senga emas, yorug’ tuyg’ularim, Senga emas, shirin kulgularim, Senga emas..
Senga emas, qalbimdagi hislarim, Senga emas, beg’ubor hayollarim, Senga emas, dilimdagi she’rlarim, Senga emas.. Senga emas, yuksak orzularim, Senga emas, yorug’ tuyg’ularim, Senga emas, shirin kulgularim,
|